Ochiq MA'LUMOT

“Asal bilimdon bolajon” Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

(Ustavi asosida ish yurituvchi rahbar G.Yoqubbaeva)ga

 

             O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Nizom va Maktabgacha taʼlim vazirligining tanlov komissiyasining 2019 yil 16 avgustdagi 2-sonli yig‘ilish bayoni asosida g‘olib deb topilgan.

         Tanlov g‘olibiga Namangan viloyati Uychi tumani hokimining 2019 yil 7 oktyabrdagi №4376-sonli qaroriga asosan tasarruf etish huquqisiz Namangan viloyati Uychi tumani Yangichek MFY А.Temur ko‘chasida joylashgan 6-MTT filialining umumiy maydoni 2509 kv.metr bo‘lgan bo‘sh binoda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish uchun ajratib berilgan.